Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oybek Elmuratov Moliya vazirligida boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, ushbu vazirlikning Yoʻl jamgʻarmasi boshligʻi oʻrinbosari, BMTning Oʻzbekistondagi loyiha menejeri, “Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi departamenti boshligʻi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida boshqarma boshligʻi kabi qator masʼul vazifalarda mehnat qilgan.

O. Elmuratov tayinlovga qadar Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.