Unda ishtirokchilar eng yaxshi o'yin mexanizmi - "Unreal Engine 5"dan foydalanib kompyuter o'yinini yaratish haqida bilimga ega bo'lishdi.
"Unreal Engine 5" yordamida shu kunga qadar Mortal Combat, Outlast, Dead By Daylight, Atomic Heart, Hogwarts Legacy va boshqa ko'plab o'yinlar yaratilgan.
"Kompyuter o'yinlari, umuman o'yinlar yaratish yoshlarni kreativ bo'lishga undaydi. Ular birgina o'yin yaratish uchun turli yo'nalishlar va sohalarni ko'rib chiqadi, qahramonlar yaratadi. Bu esa o'z-o'zidan aqlni va bilimning imkon qadar ishga solinishiga olib keladi", deydi Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi (IHITT) rahbari Rasul Beheshtifar.
Seminar 12-avgust kuni Diba Innovation HUB binosida bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga "UE5" mutaxassisi, turli kompyuter o‘yinlari yaratuvchisi, 3D-rassom va 3D-animator Aleksandr Muxitdinovdan javob olishdi.
Ma'lumot uchun, oʻyin sanoati IT sohasidagi eng daromadli va nufuzli soha boʻlib, unga koʻp pul investitsiya qilinadi.
Biroq, geymdev IT sohasidagi eng qiyin yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. U turli fanlarni birlashtiradi: dasturlash, 3D dizayn (modellashtirish/animatsiya/teksturalash), SI yaratish, o‘yin dizayni va boshqa ko‘plab jihatlar. Oʻyinlarni yaratishda ushbu xilma-xil kompetensiyalarsiz amalga oshirish mumkin emas.