Oylik ish haqlari haqida maʼlumot beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

    Moliya 31 Mart 2025 8529

    Avvalroq Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi “Oylikbot“ faoliyati toʻxtatilgandi.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligining maʼlum qilishicha, ushbu ilovaning oʻrniga muqobil sifatida yaratilgan, xavfsiz va foydalanish uchun qulay boʻlgan “Moliyachi“ mobil ilovasi test rejimida ishga tushirildi.

    Endilikda byudjet tashkilotlari xodimlari ushbu dastur orqali oylik ish haqlari haqida maʼlumot olishi mumkin.

    Mobil qurilmalarga qarab dasturlarning tanlanishi:

    Android;

    IOS.