Qayd etilishicha, Toshkent viloyati FVBga Boʻstonliq tumani Burchmulla qishlogʻi hududidagi “Kopir tosh“ togʻiga uch nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borgan.
Maʼlumotlarga koʻra, ulardan biri ehtiyotsizligi oqibatida toyib ketib chap oyogʻidan jarohat olishi oqibatida togʻdan tusholmay qolgan.
Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadi qutqaruvchilar tomonidan fuqaro xavfsiz hududga olib tushilgan va tuman tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.









