Bu haqda Nukus shahridagi “Sovyonok” maktabgacha taʼlim tashkiloti metodisti Oysara Abdujamilova shunday dedi:

— 150 oʻringa moʻljallangan bogʻchamiz 2022-yil fevral oyida ishga tushdi. Hozirda bu yerda 130 oʻgʻil-qiz tarbiyalanyapti. Koʻrib turganingizdek, bogʻchamiz eng zamonaviy jihozlangan. Turli toʻgaraklar faoliyat yuritmoqda.

Bundan ota-onalar, bolajonlarimiz quvonchi cheksiz.

Oʻsha kunlari ham ish toʻxtamadi. Ota-onalar farzandini hech xavotirsiz olib kelib turdi. Shukrki bugun hammasi maromida. Hech kim xavotirga tushgani yoʻq. Hayajonga, ortiqcha provokatsiyaga berilmadik.

Hamma oʻz uyida tinchlik boʻlishini xohlaydi. Biz ham Oʻzbekistonda, Qoraqalpogʻistonda tinchlik boʻlsin, deymiz. Xalqimizni ajratishga boʻlgan urinishlar amalga oshmasligiga ishonamiz.