Byuro organlarining ish yurituvida bola taʼminoti yaʼni aliment pullarini undirib berish boʻyicha ijro hujjatlari katta foizni tashkil etadi.
Bu kabi ijro ishlarining koʻpligi, buni zamirida minglab farzandlar otasi yoki onasidan ayro yashashga mahkumligi, butun va sogʻlom oila muhitida voyaga yetmayotgani barcha uchun ogʻriqli nuqta hisoblanadi.
Agar taʼminot boʻyicha sudning hal qiluv qarori qariya ota yoki onaga farzandlaridan undirib berish belgilangan boʻlsa, bu xolatni tan olish undanda ogʻir.
Ming afsuski, millatimizga xos boʻlmagan bu turdagi ijro hujjatlari kam boʻlsada lekin amaliyotda uchrab turadi.
Shundaylardan biri Byuroning Toshkent viloyatida Quyichirchiq tumani boʻlimida ham mavjud.
FIB Quyichirchiq tumanlararo sudining 23.10.2023-yildagi sud buyrugʻiga asosan qarzdorlar D.U. va B.U. dan, onasi D.U. foydasiga voyaga yetgan shaxsning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-ona uchun aliment pullarini toʻlashdan bosh tortganligi sababli qarzdorlarga nisbatan MJtKning 47-5 moddasiga asosan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.