Oʻz vaqtida qaytarilmagan kredit qarzi tufayli gʻisht zavodlari onlayn savdolarga chiqarildi

    sotuvdan tushgan pullar kredit qarzini qoplash maqsadida bank hisob raqamlariga oʻtkazib beriladi.

    Iqtisodiy sudning “Qishloq qurilish bank” (hozirda Biznesni rivojlantirish banki) foydasiga “R.T.K” MCHJdan 4 mlrd. soʻm hamda “J.F.O” MCHJ dan 1,3 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit qarzini undirish, undiruvni qarzdorlarning garov mulklariga qaratish toʻgʻrisidagi ijro varaqasi MIBning Jizzax viloyati boshqarmasi Alohida muhim ishlarni ijro etish shoʻbasi ish yurituviga kelib tushgan. Unga asosan ijro ishi qoʻzgʻatilgan.

    Ijro harakatlari davomida MCHJlarga tegishli gʻisht zavodlari elektron-onlayn savdolarga chiqarildi, sotuvdan tushgan pullar kredit qarzini qoplash maqsadida bank hisob raqamlariga oʻtkazib beriladi.