баннер
12 Apr 2025
17:10

    OʻzA – 33-yillik xolis, tezkor va ishonchli axborot manbai!

    Bugun, 5-fevral kuni Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA tashkil etilganiga 33-yil toʻldi!

    OʻzA – bu nafaqat mamlakatimizdagi eng nufuzli axborot agentliklari sardori, balki xalqaro mediamaydonda ham oʻz oʻrniga ega boʻlgan platforma. 1992-yilda tashkil etilgan ushbu agentlik bugungi kunda Oʻzbekiston va jahon miqyosidagi muhim voqealarni tezkor va ishonchli tarzda yoritib, mamlakatimiz axborot makonining taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshib kelmoqda.

    Aslida, agentlik tarixi 1918-yilda Toshkentda RosTA boʻlimi ochilganidan boshlanadi. Keyinchalik u TASS tizimidagi OʻzTAG – Respublika Telegraf Axborot agentligiga aylantirildi. 1992-yil 5-fevraldagi Prezident farmoniga asosan, agentlik Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) sifatida qayta tashkil etildi.

    OʻzA veb-sayti bugungi kunda 8 tilda 9 versiyada – oʻzbek, oʻzbek (lotin), rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, arab va xitoy tillarida materiallar joylashtirib, dunyoning 50 dan ortiq yetakchi internet saytlari tomonidan doimiy tarzda foydalanilmoqda. Shuningdek, agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali millionlab oʻquvchilar rasmiy va toʻgʻri axborotga ega boʻlish imkoniyatiga ega.

    Oʻtgan 33-yil ichida agentlik jamoasi yangilanish va rivojlanish yoʻlidan bordi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, axborot tarqatish tizimini takomillashtirdi.

    Bugungi kunda OʻzAning sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va multimedia platformalari orqali millionlab oʻquvchilar rasmiy va toʻgʻri axborotga ega boʻlish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, agentlik oʻz xodimlari malakasini oshirish, zamonaviy jurnalistika standartlariga mos ravishda faoliyat olib borish, yangi media formatlarini tatbiq etish yoʻnalishida izchil ish olib bormoqda.

    “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati jamoasi qutlugʻ sana munosabati bilan agentlik jamoasiga yangi yutuqlar, yuksak marralarni zabt etishda omadlar tilaydi! Agentlikning kelgusi faoliyati yanada samarali va mazmunli boʻlishiga ishonamiz.

    Bayram muborak, OʻzA jamoasi!

    Telegram kanalimiz
    Text to speech