2021-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida qoʻnish bilan parvozlarni amalga oshiruvchi, Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari – aviakompaniyalari uchun Havodagi Harakatga Xizmat koʻrsatish (HHX) xabarnomalarini va flayt-planlarni ishlanishi uchun tariflar va aerodrom rayonidagi aeronavigatsion xizmatlari uchun tariflar, erkin - konvertatsiya qilinadigan valyutada nashr etiladi va quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
• Aerodrom rayonida yoʻnalish (yaqinlashuvi) boʻyicha aeronavigatsion xizmatlari 50 AQSH dollari (QQS hisobga olinmasdan);
• Havo kemasini uchish /qoʻnishini taʼminlash vaqtida aeronavigatsion xizmatlari - havo kemasining maksimal koʻtarilish vaznining har bir tonnasi uchun 5 AQSH dollari (QQS hisobga olinmasdan);
• Flayt-planlarni ishlanishi - 16 AQSH dollari (QQS hisobga olinmasdan)
• Havodagi Harakatga Xizmat koʻrsatish (HHX) xabarnomalarini ishlanishi - 16 AQSH dollari (QQS hisobga olinmasdan)