Taʼkidlanganidek, Prezidentning 2021-yil 23-oktabrdagi “Sugʻurta bozorini raqamlashtirish va hayot sugʻurtasi sohasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, joriy yil boshidan kompaniya rasmiy sayti orqali majburiy sugʻurta turlarini onlayn rasmiylashtirish tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Joriy yil boshida “Oʻzagrosugʻurta” AJ mijozlar uchun “Onlayn polis” axborot tizimi orqali 18 turdagi onlayn sugʻurta xizmatlarini taqdim etgan boʻlsa, hozirgi kunga kelib, 26 turdagi polislarni elektron shaklda (e-polis) sotib olish imkoniyati yaratildi. Kelgusida jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan barcha ommaviy sugʻurta xizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish maqsad qilingan. Jamiyatning bugungi kunda respublikamiz boʻylab 14 ta filiali hamda jami 187 ta sugʻurta markazi shahar va tumanlarda aholiga 150 dan ortiq sugʻurta xizmatlari taklif etilmoqda.
Jamiyat sugʻurta faoliyatini amalga oshirilishi natijasida joriy yilning oʻtgan 10 oyi mobaynida taʼminlangan sugʻurta mukofotlari 305,5 milliard soʻm boʻlib, majburiy sugʻurta boʻyicha 60,2 mlrd soʻm, ixtiyoriy sugʻurta turlari boʻyicha 245,3 mlrd soʻmni tashkil qilmoqda. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish 27,8 foiz yoki 66,5 mlrd soʻm koʻp sugʻurta mukofotlari taʼminlandi.
Rasmiylashtirilgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha olingan majburiyat hajmi 159,9 trillion soʻmni tashkil qildi, bu esa oʻz navbatida oʻtgan yilga nisbatan 193,5 foizga koʻp demakdir. Shu davr mobaynida Jamiyat mijozlari bilan jami 642 204 dona sugʻurta shartnomalari tuzilgan boʻlib, shartnomalarning qariyb 91,4 foizi yoki 586 891 donasi mamlakatimiz aholisining sogʻligʻi va mol-mulki uchun koʻrsatilgan sugʻurta xizmatlariga toʻgʻri keladi.
Olingan majburiyatlar doirasida mijozlarimizni manfaatlarini himoya qilish maqsadida 43,4 mlrd. soʻmlik sugʻurta tovonlari toʻlab berildi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish 26,5 foizni yoki qariyb 9,1 mlrd soʻmni tashkil qiladi.