Bu haqda «Dunyo» AA xabar berishicha, qarorga muvofiq mamlakatimiz fuqarolari koronavirusga qarshi emlashning to'liq kursini olganligini tasdiqlovchi yoki COVID-19 virusidan sog'aygani to'g'risidagi rasmiy sertifikat asosida Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tezkor shtabdan ruxsat olmasdan havo transporti orqali ushbu mamlakatga kirishi mumkin.

Shuningdek, jo'nashdan oldin 72 soatgacha bo'lgan muddatda olingan PTSR-testining manfiy  natijasi haqidagi sertifikat ham talab qilinadi.