“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosida yirik hajmda qurilish materiallari ishlab chiqarish va savdosi bilan shugʻullanuvchi “Greenstream International” MCHJ kompaniyasi rahbari Ramin Sharifov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston-Ozarbayjon “Savdo uyi” ochish boʻyicha muzokaralar ham olib borildi.
Eʼtiborlisi, ushbu savdo maskani shou-rumida “made in Uzbekistan” yorligʻi ostida ishlab chiqarilgan qurilish materiallari namoyish etiladi hamda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari haqida toʻliq maʼlumotlar berib boriladi.
Tadbir doirasida mexmonlar yangi qurilish materiallari texnologiyalarini oʻrganish, oʻzaro tajriba almashish, qurilish-montaj ishlarida samaradorlikni oshirish hamda Respublikada amalga oshirilayotgan qurilish bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirildi.