Uchrashuvda Davlatlarimiz rahbarlari tomonidan koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.
Buning natijasida birgina oʻtgan yilning oʻzida oʻzaro savdo yarim milliard dollardan oshgani, qoʻshma korxonalar soni yil boshidan buyon 51 taga koʻpaygani qayd etildi.
Uchrashuvda Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning navbatdagi yigʻilishi hamda uning doirasidagi biznes-forumga puxta tayyorgarlik koʻrish, davlatlarimiz oʻrtasida turli sohalarda sanoat kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishda energetika, metallurgiya, innovatsiya va texnologiya, transport-tranzit hamda kommunikatsiya sohalariga muhim yoʻnalish ekani bildirildi.
Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi Yerevanga tashrif doirasida Yevroosiyo iqtisodiy forumida ham ishtirok etdi.