Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʻbek Abdullayev Oʻzbekiston Respublikasida hunarmandchilikni davlat tomonidan koʻllab quvvatlanishi va “Hunarmand” uyushmasi faoliyati toʻgʻrisida soʻzlab berdi.

Turkiya Savdogarlar va hunarmandlar konfederatsiyasi prezidenti Bendevi Palandoʻken Oʻzbekiston va Turkiyada sohada amalga oshirilgan ishlar haqida soʻz yuritdi. 

Turkiya Savdogarlar va hunarmandlar konfederatsiyasi (TESK)- bu Konstitutsiyaning 135-moddasiga muvofiq qonun bilan davlat muassasasi sifatida tashkil etilgan professional tashkilot.

Maʼlumot uchun aytish lozimki, TESK tashkiloti hunarmandlarni va hunarmandlar ustaxonalarini, uyushmalarini tayinlash va federatsiyalar oʻrtasida birdamlikni taʼminlash,umumiy kasb-hunarlarni rivojlantirish va rassomlarning ishlarini qoʻllab-quvvatlash, milliy va xalqaro miqyosdagi hunarmandlar va hunarmandlarning oʻz muammolarini hal qilish uchun milliy va xalqaro muassasalar bilan hamkorlikda zarur choralarni koʻradi.

Tadbirda 2019-yil Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtgan va 2022-yil boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan “Xalqaro hunarmandchilik festivali” toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʻbek Abdullayev ikki tashkilot oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va Turkiyada “Oʻzbekiston hunarmandlari haftaligi” ni tashkil etish boʻyicha taklif bildirdi.

Uchrashuvda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʻbek Abdullayev ikki tashkilot oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va Turkiyada “Oʻzbekiston hunarmandlari xaftaligi”ni tashkil etish, Anqara shahrida oʻzbek hunarmandchiligi savdo uyini tashkil etish hamda Turkiya Savdogarlar va hunarmandlar konfederatsiyasi va “Hunarmand” uyushmasi oʻrtasida memorandum tuzish boʻyicha taklif bildirdi, deb xabar beradi “Hunarmand” uyushmasi matbuot xizmati.

Xalqlarimiz koʻp asrlik tarixi, tili, dini, qadriyatlari va mushtarak urf-odatlari bilan bir-biriga chambarchas bogʻlangan. Davlatlarimiz oʻrtasida oʻzaro ishonch asosidagi doʻstona munosabatlar bugungi kunda izchil mustahkamlanib bormoqda.

Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalardagi oʻzaro ishonch va hurmatga asoslangan hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.