Jizzax viloyati davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlar noqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan va tezkor qidiruv ishlari natijasida 2 660 s.b. hujjatlar Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida joylashgan ikkilamchi qogʻoz chiqindilarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlash maskanidan qaytarib olib kelingan.

Hozirda, Jizzax viloyati davlat arxivida navbatdan tashqari arxiv hujjatlarining mavjudligi va holati toʻliq tekshirilmoqda. Shuningdek, arxiv binosining video kuzatuv kameralari ishlashi tiklandi.

Bundan tashqari, mazkur holat boʻyicha, «Oʻzarxiv» agentligining Ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyati davlat arxivida xizmat tekshiruv oʻtkazildi. Oʻrganish natijalari boʻyicha toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Jizzax viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Mazkur holat boʻyicha Jizzax viloyati prokuraturasi va ichki ishlar organlari tomonidan tekshirishlar olib borilmoqda.

Ushbu holat boʻyicha qoʻshimcha tafsilotlar Agentlik tomonidan taqdim etib boriladi.