Shartnoma predmeti UzAuto korxonalariga bank xizmatlarining toʻliq spektrini taqdim etish, shu jumladan, kredit berish, vaqtincha boʻsh mablagʻlarni joylashtirish, hujjatli vositalarni taqdim etish va qimmatli qogʻozlarni joylashtirishni tashkil etish sohasida kompaniyalar oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlikni taʼminlashdan iborat boʻldi.

Hamkorlik shartnomasi 2021-yil 5-7-aprel kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan “INNOPROM” xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida imzolandi. Shartnomani imzolash marosimida “Oʻzavtosanoat” AJ Boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov va “Sovkombank” ICHAJ Boshqaruv raisi Dmitriy Gusev ishtirok etdilar.

Tomonlar shuningdek, aylanma kapitalni moliyalashtirish, “Oʻzavtosanoat” AJ tarkibidagi korxonalarni texnik qayta jihozlash va kompaniyaning investitsiya loyihalari sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlik va biznes hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, hamkorlik boʻsh pul mablagʻlarini joylashtirish boʻyicha hamkorlikni birgalikda rivojlantirishni nazarda tutadi.

“Sovkombank “Oʻzavtosanoat” AJ xolding kompaniyasi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilish tajribasiga ega. 2019-yilda bank xolding kompaniyasining tuzilmaviy korxonasi “UzAuto Motors” AJga sindikatlashtirilgan kredit berishda ishtirok etgan. Biz yangi shartnomani oʻzaro munosabatlarni rivojlantirish va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish sifatida qaraymiz”, – deb taʼkidladi Sovkombank boshqaruv raisi Dmitriy Gusev.

Maʼlumot uchun: “Sovkombank” ICHAJ korporativ va xususiy mijozlarga, moliya institutlari va institutsional investorlarga keng koʻlamli bank, moliya va investitsiya mahsulotlari hamda xizmatlarini taqdim etuvchi Rossiya Federatsiyasining eng yirik xususiy moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Bank ichki moliya bozorida kuchli mavqega ega boʻlib, korporativ moliyalashtirish, jamoat qarz vositalarini chiqarish va aktivlarni boshqarishni tashkil etishda yetakchilardan biri hisoblanadi, deb xabar beradi “Oʻzavtosanoat” AJ matbuot xizmati.