Oʻzbek filmi xalqaro kinofestivalda Gran-pri gʻolibi boʻldi

    Madaniyat 20 Noyabr 2020 806

    Joriy yil 12-17-noyabr kunlari oʻtkazilgan Hamdoʻstlik mamlakatlari “Moskva premyerasi” ikkinchi xalqaro kinofestivali yakunlari sarhisob qilindi. Bu haqda “Oʻzbekkino” milliy agentligi xabar berdi.

    Kinofestival yakuniga koʻra, toʻliq metrajli filmlar tanlovida Yolqin Toʻychiyevning “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” badiiy kartinasi bosh mukofotga sazovor boʻldi.

    Moskvada boʻlib oʻtgan kinofestivalning toʻliq va qisqa metrajli filmlar tanloviga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Litva, Rossiya, Oʻzbekiston va Ukrainaning filmlari kiritildi.