Tadbirda Armaniston, Avstriya, Belgiya, Bosniya va Gersegovina, Chexiya, Estoniya, Gruziya, Gretsiya, Vengriya, Islandiya, Yaponiya, Keniya, Latviya, Meksika, Slovakiya, Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston va Avstraliya diplomatik vakolatxonalari ishtirok etdi.
Joriy yildagi yarmarkada soʻnggi yillardagi eng koʻp ishtirokchilar qatnashdi. Ilgari, asosan, qatnashchilar Yevropa davlatlaridan boʻlgan boʻlsa, yildan yilga ishtirokchilar roʻyxati Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari hisobidan kengayib boryapti. 2024-yilda koʻplab davlatlar ushbu tadbirda alohida tayyorgarlik bilan qatnashdi va barcha stendlarda ishtirokchi mamlakatlar milliy taomlarining eng yaxshi namunalarini taqdim etdi.
Unda Oʻzbekistonning boy madaniy merosi va gastronomik turizmi keng targʻib etildi. Festival tashkilotchilari va ishtirokchilari oʻzbek milliy taomlarini yuqori baholadi.
Yarmarka yakunlari boʻyicha Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan oʻzbek palovi yashirin ovoz berish natijasiga koʻra, “Eng yaxshi milliy taom” yoʻnalishi boʻyicha faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.