Bundan avval ushbu nashr Xalqaro mehnat tashkiloti mamlakatimizda paxta terimi jarayonida bolalar va majburiy mehnat butunlay  taʼqiqlangani, koʻrilgan chora-tadbirlar oʻzining ijobiy samarasini bergani  haqida ham alohida maqola chop etgan edi.

Maqolada 2009-yili jahonning eng yirik 331 ta brend va chakana savdo tarmoqlari, jumladan, “C&A”, “Gap Inc.”, “H&M”, “Levi Strauss & Co.”, “Tesco” va “Walmart” singari yirik kompaniyalar oʻzbek paxtasiga boykot eʼlon qilgani taʼkidlangan.