Oʻzbek shoirasining sheʼriy toʻplami Londonda oʻtkazilgan “Hertfordshire Press Awards” tanlovi gʻolibi boʻldi

    Taniqli oʻzbek shoirasi Xosiyat Rustamovaning “Rangin koʻzyoshlar” nomli sheʼriy toʻplami “Tanqidchilar tanlovi” nominatsiyasi gʻolibi deb eʼlon qilindi.

    Tanlovda taniqli oʻzbek shoirasi Xosiyat Rustamovaning “Rangin koʻzyoshlar” nomli sheʼriy toʻplami “Tanqidchilar tanlovi” nominatsiyasi gʻolibi deb eʼlon qilindi.

    Oʻz navbatida, Xosiyat Rustamova nufuzli mukofotni qoʻlga kiritgani uchun minnatdorlik bildirib, Londondagi adabiy tanlov doirasida Oʻzbekiston vakili boʻlish uning uchun sharaf ekanini taʼkidladi.

    Britaniyalik madaniyat va sanʼat vakillari bilan oʻtkazilgan suhbatlar davomida ular tomonidan oʻzbek xalqining boy tarixiy merosi, zamonaviy Oʻzbekiston hududining Islom maʼdaniyati, ilm-fan va falsafasining shakllanishi hamda rivojlanishidagi roli alohida taʼkidlandi.

    Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonlari, mamlakatimizning boy madaniy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash va targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlari alohida urgʻulandi.

    Maʼlumot uchun, “Hertfordshire Press Awards” taqdirlash marosimi Yevrosiyo mintaqasi ijodiy va madaniy doiralari vakillarini birlashtirishga qaratilgan “Yevrosiyo ijodiy gildiyasi” tomonidan har yili tashkil etiladi.