O‘zbek yigiti Teslaʼga dasturchi sifatida ishga kirdi

    Dilmurod Yangiboyev nufuzli Tesla kompaniyasining Berlindagi ofisida muhandis dasturchi sifatida ish boshladi.

    Dilmurod Yangiboyev 2016—2021 yillar Toshkentdagi Inha universitetining bakalavr bosqichida tahsil olgan. 2019—2022 yillar O‘zbekistondagi "Udevs", "EPAM Systems" va 2022 yil bir muddat Germaniyadagi "Momox" kabi kompaniyalarida faoliyat yuritgan.

    Eslatib o‘tamiz, Teslaʼda bundan bir yil oldin Mushtariy Sharifova ish boshlagandi va kompaniyaning ilk o‘zbekistonlik vakili bo‘lgandi.