Jahonda yetakchi reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Rartings xalqaro kredit reyting agentligi “Oʻzbekgidroenergo” AJ ning reytingini baholab kelmoqda va bu borada, jamiyat reyting darajasi Oʻzbekiston suveren reytingi qatorida ishlab chiqaruvchi tashkilotlar orasida toʻrt yildan beri oʻz mavqeini barqaror holatda saqlab turibdi.

Joriy yilda ham “Oʻzbekgidroenergo” AJ  Fitch Rartings xalqaro reyting agentligining BB- (barqaror) xalqaro kredit reytingini saqlab qoldi va bir pogʻonaga oshirib, b+ darajaga koʻtardi.

2020-yilda “Oʻzbekgidroenergo” reytingi b+ (barqaror) boʻlgan boʻlsa, 2021-yilda BB- (barqaror) darajasiga koʻtargan edi. Shu bilan birga, 2022-yilda ham jamiyat BB- (barqaror) darajasini saqlab qoldi.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ 2023-yilda Fitch Rartings xalqaro agentlik reytingida mustaqil Standalone Credit Profile xalqaro kredit reyting holatini b+ darajaga yuqoriladi. Bu bilan jamiyat Oʻzbekistonda shu darajaga ega boʻlgan top korxonalar roʻyxatidan joy oldi.

2023-yilda berilgan reyting oʻtgan moliya yilining tahlili natijalari sarhisobiga berilgan baho hisoblanadi. Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “Oʻzbekgidroenergo” AJning moliyaviy-iqtisodiy biznes strategiyasi holatini mustahkam oʻsib borayotganiga amin boʻldi.

Jamiyatdagi investitsion muhitning jozibadorligi va uni boshqarishdagi salohiyati, “Oʻzbekgidroenergo” kredit targetining (Target Leverage) kerakli darajasi boshqaruv raisi nazorati ostida boʻlib, hozirgi kunda ikka karra baland darajada ekanligi mustaqil kredit reytingini oshishiga olib keldi.

“Oʻzbekgidroenergo” tomonidan 2022-yilda sakkizta loyihaning foydalanishga topshirilishi natijasida qoʻshimcha 178 MVt ishlab chiqarish quvvati yaratildi hamda uning umumiy hajmi 2230 MVtga yetkazildi.

Mazkur reyting darajasi “Oʻzbekgidroenergo” AJni jahonning mashhur investorlar bozorlariga aniq va ravshan biznes strategiyasiga, shaffof moliyaviy hisobotlariga hamda kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri sifatida tanitib bormoqda. Qoʻlga kiritilgan yutuq kelgusida jamiyatning iqtisodiy barqarorligini yanada oshirishga xizmat qiladi hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy kreditlarni davlat kafolatisiz toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya mablagʻlarini jalb qilish imkoniyatini beradi.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ ushbu erishilgan yutuq bilan chegaralanib qolmaydi. Kelgusi yillarda reyting darajasini yanada oshirish hamda uni barqaror saqlab qolish yoʻlida istiqbolli loyihalarini tizimli ravishda davom ettiradi, mamlakatimiz gidroenergetika sohasi rivoji yoʻlida izchil va jadal faoliyatini olib boradi.

Reklama huquqlari asosida.