Talabalar zavodning masʼul xodimlari tomonidan “Oʻzbekistan GTL” boʻylab tashkil etilgan ekskursiyada zavodning markaziy laboratoriyasi, Administrativ boshqaruv markazi, fizik-kimyoviy tahlillar markazi, neft mahsulotlarini motor usulida sinash laboratoriyasi va “Shoʻrtan gaz-kimyo” majmuasida boʻlib, ularning faoliyati bilan tanishdi.

“Oʻzbekistan GTL” zavodining Administrativ boshqaruv markazida “Yangi Oʻzbekiston” talabalari uchun alohida xona ajratiladi. Talabalar bu yerda amaliy mashgʻulot oʻtashlari mumkin boʻladi. Buning uchun barcha sharoitlar yaratiladi.