Anjuman doirasida oʻzbek eksportchilari Hindiston, Bangladesh va Vyetnam importchilari uchun oʻz korxonalari va mahsulotlarining onlayn-taqdimotini oʻtkazdi.

Tadbirda 100 dan ortiq eksportchi va importchi, jumladan, oʻzbekistonlik 20 ga yaqin eksportchi qatnashdi. Chet ellik ishtirokchilar Hindiston va Vyetnam bozorlarida quritilgan mevalar va maishiy texnika vositalariga boʻlgan talab haqida maʼlumot berdi va shartnomalar tuzish uchun maʼlumot almashdi.

V2V onlayn-koʻrgazmasi doirasidagi muzokaralar ham muvaffaqiyatli boʻldi. Unda Oʻzbekiston vakillari eksport uchun toʻqimachilik, qandolatchilik, qishloq xoʻjaligi va kimyo sanoatiga oid 20 ga yaqin turdagi mahsulotlarni taqdim etdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.