Oʻzbekiston — Rossiya tibbiyot forumi doirasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlik boʻyicha uch tomonlama memorandum imzolandi

    Xalqaro hamkorlik 4 Iyun 2023 1182

    Kelishuvga koʻra, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi maydonida dori vositalari va farmatsevtika substansiyalarining xavfsizligi, samaradorligi va sifatini taʼminlash boʻyicha uzoq muddatli, samarali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ilmiy-amaliy va taʼlim loyihalarida birgalikda ishtirok etish koʻzda tutilmoqda.

    Yevrosiyo zarur amaliyotlar akademiyasi, SSV huzurida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi direktori hamda “Rusatom Xelskea” kompaniyasining oʻrtasida imzolangan mazkur hujjat farmatsevtika sohasida yaqin hamkorlikni oʻz ichiga oladi.

    Kelishuvga koʻra, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi maydonida dori vositalari va farmatsevtika substansiyalarining xavfsizligi, samaradorligi va sifatini taʼminlash boʻyicha uzoq muddatli, samarali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ilmiy-amaliy va taʼlim loyihalarida birgalikda ishtirok etish koʻzda tutilmoqda.

    Forum doirasidagi uchrashuvlar davomida Yevrosiyo zarur amaliyotlar akademiyasi boshqaruvi prezidenti Vladislav Shestakov YEOII doirasida ilgʻor tajriba bilan almashish muhimligini qayd etib, hamkorlarning buyurtmasiga koʻra eksklyuziv malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish imkoniyati mavjudligi, qolaversa, Akademiya ekspertlari farminjiniring va zarur ishlab chiqarish amaliyotlari yoʻnalishidagi qoʻshma loyihalarda ishtirok etishga ham tayyorligini bildirdi.

    Oʻz navbatida, Davlat markazi rahbari Mirzohidjon Qodirov nufuzli ekspertlar bilan hamkorlik qilish orqali yagona farmatsevtika bozorini rivojlantirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratdi.

    “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifati, xavfsizligi va samaradorligi biz uchun ustuvor masala hisoblanadi. Biz rossiyalik hamkorlarimiz bilan sheriklik aloqalarimizning mustahkamlash, dori vositalarining xavfsizligini taʼminlash va xalqimizning turmush darajasini yuksaltirishdan manfaatdormiz”, — dedi M.Qodirov.

    Memorandum imzolagan yana bir hamkor “Rosatom Xelskea” bosh direktori Igor Obrubov davlat korporatsiyasi haqida soʻz yuritar ekan Rosatom sogʻliqni saqlash sohasidagi vazifalarini amalga oshirishga kompleks ravishda yondashishi, ushbu sohadagi faoliyat izotop kompleks, radio farmatsevtika mahsulotlari, yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish, tibbiy buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlarini ionlashtiruvchi nur bilan qayta ishlash kabi yoʻnalishlarni oʻz ichiga olishini taʼkidlab, Oʻzbekiston tomoni bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlik qilishga umid bildirdilar.