баннер
2 Apr 2025
03:05

    Oʻzbekiston 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar roʻyxatiga kiritildi

    “BBC Travel” global media portali maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 ta yoʻnalish roʻyxatiga kiritildi.

    Maqolada taʼkidlanishicha, turizm Oʻzbekistonning oʻziga xos anʼanalari va madaniy merosini saqlash strategiyasining muhim qismiga aylanib bormoqda.

    Mamlakat infratuzilmani jadal rivojlantirmoqda: yangi mehmonxonalar, yuqori tezlikdagi temir yoʻl marshrutlari, ichki aviareyslar va yangilangan madaniy diqqatga sazovor joylar sayohatchilar uchun betakror imkoniyatlarni yaratmoqda.
    Bularning barchasi iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishga va Oʻzbekiston tarixiy va madaniy merosining cheksiz boyligini kashf etayotgan sayyohlarni jalb qilishga yordam bermoqda.

    Qayd etilishicha, 90 dan ortiq mamlakat, jumladan Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya fuqarolari Oʻzbekistonga vizasiz tashrif buyurishi mumkinligi sayohatni sezilarli darajada osonlashtiradi va sayyohlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

    Bundan tashqari, qoʻshni mamlakatlar bilan chegarani kesib oʻtish ancha osonlashgani qayd etilgan.

    “Oʻtgan 2024-yil noyabr oyida Qozogʻiston va Oʻzbekistonni bogʻlovchi «Ipak yoʻli temir yoʻl sayohati« nomli birinchi xalqaro temir yoʻl yoʻnalishi ishga tushirildi. Bu qulay yoʻnalish sayyohlarga Buyuk Ipak yoʻli izidan borib, har ikki davlatning noyob tarixiy va madaniy diqqatga sazovor joylarini bemalol oʻrganish imkonini beradi. Bunday sayohat nafaqat qadimiy savdo va madaniy almashuvlar muhitiga shoʻngʻish, balki mintaqada madaniy aloqalarni kengaytirish va turizmni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi«, deb xulosa qiladi «BBC Travel”.

    Taʼkidlash joizki, roʻyxatga AQSH, Kanada, Yaponiya, Italiya, Avstraliya, Marokash, Angliya va boshqa davlatlar ham kiritilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech