Mazkur yilda 2019-yilning aynan shu davriga nisbatan yurtimizdan 352 tonna koʻp noʻxot ekport qilingan boʻlib 4 foizga oʻsishga erishildi.
Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, noʻxotning 35 foizi Afgʻonistonga, 21 foizi Turkiyaga va 13 foizi Qozogʻistonga eksport qilingan.
Shuningdek, joriy yilda noʻxotning eksporti Niderlandiyaga 4,7 barobarga, Germaniyaga 3,3 barobarga va Birlashgan qirollikka 9 barobarga ortgan.
Joriy yildan ilk bora yurtimizdan Ozarbayjon, Bangladesh, Italiya va Koreyaga noʻxot eksporti yoʻlga qoʻyildi.