Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 7 oyida Oʻzbekiston 5 ta davlatga qiymati 4,2 million AQSH dollariga teng boʻlgan 8,6 ming tonna olma eksport qilgan.

Olma eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 7,3 ming tonnaga kamaygan.

2021-yilning 7 oyi davomida Oʻzbekiston olma eksport qilgan asosiy davlatlar:

Qozogʻiston – 4,7 ming tonna;

Rossiya – 1,8 ming tonna;

Turkmaniston – 1,3 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 780,0 tonna;

BAA – 0,5 tonna.