“Sakkizta davlatdagi 15 aeroportni boshqarishimizga yordam beradigan nou-xaularimizdan foydalangan holda, biz Oʻzbekistondagi aeroportlarni rivojlantirish va modernizatsiya qilish ustida ish olib boramiz, shuningdek, yangi texnologiyalarni joriy etish va inson resurslarini rivojlantirishda hamkorlik qilamiz”, deb tushuntirdi TAV Airports bosh direktori Sani Sener.

Oʻzbekiston aeroportlari “paket tamoyili” asosida boshqaruvga berila boshlanadi, bu rentabellik bilan bir qatorda foydasiz ayeroportlarni xususiy mulk yegalariga berishni ham nazarda tutadi.

TAV Airports qoʻshma korxona hisoblanib 1997-yilda Tepe va Akfen kompaniyalar guruhlari, shuningdek Airport Consulting Vienna tomonidan yaratilgan, Xolding aeroport faoliyatining havo transporti bilan bogʻliq barcha sohalarida kompleks xizmatlarni 26 mamlakatdagi 91 ayeroportda taqdim etadi. TAV Airports Holding -ga tegishli aeroportlar, taxminan 420 ming reysga xizmat qiladi va yiliga oʻrtacha 48 million yoʻlovchini tashiydi.