Oʻzbekiston aviaparkini yangilash maqsadida 12 ta samolyot xarid qilish boʻyicha shartnoma imzolandi

    “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Airbus” aviasozlik kompaniyasi bilan “A320neo” oilasiga mansub 12 ta samolyot xarid qilish boʻyicha shartnoma imzoladi.

    “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Airbus” aviasozlik kompaniyasi bilan “A320neo” oilasiga mansub 12 ta samolyot xarid qilish boʻyicha shartnoma imzoladi.

    Kompaniya maʼlumotiga koʻra, samolyotlarning sakkiztasi “A320neo” va toʻrttasi “A321neo” rusumlariga tegishlidir. Xarid qilinadigan havo kemalari “Airbus Airspace” saloniga ega boʻlib, u yoʻlovchilarga havo transporti bozorida yuqori darajadagi qulaylikni taqdim etadi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi yangi havo kemalaridan yoʻnalishlar tarmogʻini yanada kengaytirish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda.

    “Uzbekistan Airways” bilan hamkorligimiz 1993-yilda boshlangan. Aviakompaniya aviaparkini kengaytirish uchun yana “A320neo” oilasiga mansub havo kemalari tanlangani biz uchun katta sharaf. Biz Markaziy Osiyo mintaqasida aviatashuvlar bozori qanday rivojlanayotganini kuzatyapmiz. “A320neo” oilasining zamonaviy va samarali havo kemalari “Uzbekistan Airways” kompaniyasiga ushbu oʻsishdan foyda olish va mintaqada yetakchi rollardan birini egallash imkonini beradi», dedi “Airbus” kompaniyasining bBosh tijorat direktori va boʻlim boshligʻi Kristian Sherer.

    Maʼlumot uchun: hozirgi kunda “Uzbekistan Airways” parkida “Airbus” kompaniyasining 17 ta samolyoti mavjud