“Embraer” Oʻzbekiston aviakompaniyalariga samolyot yetkazib beradi

    Turizm va madaniy meros vazirligi bergan maʼlumotlariga koʻra, Braziliyaning “Embraer” konglomerati ishtirokida “Aviatsiya kelajagi: Oʻzbekiston. "Embraer kuni” davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

    Jahon bozorida havo kemalari ishlab chiqarishda yetakchilardan biri hisoblangan “Embraer” tomonidan ishlab chiqarilgan 2 000 dan ortiq havo kemalari 70 dan ortiq mamlakatlarga eksport qilingan hamda 130 dan ortiq aviakompaniyalar tomonidan foydalanilmoqda.

    Tadbirda “Embraer” konglomerati vitse prezidenti va mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan aviakompaniyalar, diplomatik korpus vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

    Prezident Joao Pedro kampaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan havo kemalarini mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan aviakompaniyalarga qulay shartlarda yetkazib berishga tayyorligi bildirilgan hamda kemalarning afzalliklari yuzasidan fikr almashildi.

    Davra suhbati yakunida E195-E2 havo kemasini joriy yilning iyun oyida mamlakatimizga olib kelishga kelishib olindi.