Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur jahon chempionatiga tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini olib borish va musobaqada ishtirok etish uchun bugun Nyu-Deli shahriga yoʻl oldi. Qizlarimiz 14-martga qadar chempionatga tayyorgarlik olib borishadi. 15-martdan esa jahon chempionati boshlanadi.

Terma jamoamiz jahon chempionatida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

-48 kg: Farzona Fozilova,
-50 kg: Aziza Yakubova,
-52 kg: Feruza Kazakova,
-54 kg: Nigina Oʻktamova,
-57 kg: Mahliyo Xabibullayeva,
-60 kg: Sitora Turdibekova,
-63 kg: Xadichabonu Abdullayeva,
-66 kg: Navbaxor Hamidova,
-70 kg: Aziza Zokirova,
-75 kg: Sohiba Roʻzmetova.

Bosh murabbiy: Elshod Rasulov, murabbiylar: Islom Tojiboyev, Ziyatdinbek Tayganbayev, Istam Kabinov, Timur Axbayev, Saxida Yakubova.