Oʻzbekiston bayrogʻining 29 yilligiga bagʻishlangan “Bayramona veloyurish” boʻlib oʻtadi

    Salomatlik 10 Noyabr 2020 1683

    Yoshlar Festivali doirasida 15-noyabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻining 29 yilligiga bagʻishlangan “Bayramona veloyurish” boʻlib oʻtadi.

    Unda barcha velosiped ixlosmandlari ishtirok etishi mumkin.

    Shuningdek, tadbir davomida 15 km qiziqarli va bayramona veloyurish, velosipedchilar jamoatchiligi mutaxassislaridan mahorat darslari boʻlib oʻtadi.

    Marshrutning istalgan nuqtasidan qoʻshilish mumkin!

    "Pedallarni aylantiring, faol boʻling va ishtirok eting!

    Yigʻilish vaqti soat 10:00 da veloyurish boshlanishi soat 11:00 da

    START: Maxtumquli koʻchasi, katta bayroqli maydon (moʻljal Sanoat Qurilish banki)

    FINISH: Xalqlar doʻstligi saroyi maydoni,“ deya xabar beradi ”Oʻzbekturizm".