“Stroy Kraft” qurilish korxonasi mutasaddilarining maʼlumotiga koʻra, hozirgi kunda ushbu tashkilotda 300 nafardan ortiq oʻzbekistonlik mehnat qilayapti.
Yurtdoshlarimiz bilan muloqot chogʻida, Bosh konsulxona, Tashqi mehnat migratsiya agentligi va “Uzbekistan airways” AJ vakolatxonasi faoliyati toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.
Joriy yilda mamlakatimizda oʻtkaziladigan muhim siyosiy tadbirlar va Oʻzbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish, shuningdek, mazkur tadbirlarda mehnat mingrantlarining faol ishtiroki haqida soʻz yuritildi.
Uchrashuvda, shuningdek, yurtdoshlarimiz mezbon davlatning qonunchiligi talablariga qatʼiy rioya etishga chaqirildi.
“Stroy Kraft” qurilish korxonasi rahbarlari bilan vaqtincha mehnat faoliyatini amalgan oshirayotgan yurtdoshlarimiz ishtirokida tadbirlar va bayram tantanalarini yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan kelishuvga erishildi