баннер
17 Apr 2025
12:51

    O‘zbekiston delegatsiyasi qishki Universiada o‘yinlarida ishtirok etadi

    Sport 4 Yanvar 2023 2633

    Joriy yilning 12-22-yanvar kunlari AQShning Leyk-Plesid shahrida XXX Butunjahon qishki Universiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

    Dunyoning 50 dan ortiq mamlakati ishtirok etadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Hamyurtlarimiz tog‘ chang‘isi, snoubord va figurali uchish sport turlarida jami 13 nafar atlet bilan okean ortiga yo‘l oladi. Atletlar tarkibi quyidagicha:

    Tog‘ chang‘isi:
    Ra’no Imonqulova
    Muhammadali Asanov
    Arman Gayupov
    Medet Nazarov
    Rolan Raimqulov
    Oqilbek Buxorboyev

    Snoubord:
    Dinara Jubayeva
    Begzodbek Isroilov
    Elnur Mirzaliyev
    Ruslan Mirzaliyev
    Aziz Saparbayev

    Figurali uchish:
    Azizmurod Shabazov
    Niginabonu Jamoliddinova

    Delegatsiya 10-yanvar kuni AQSh safariga jo‘nab ketadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech