119 davlatdan 5100 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi.
Delegatsiyamiz bu galgi Universiada oʻyinlarida 11 sport turida 18 ta oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi 53 nafar sportchi bilan ishtirok etishni reja qilgan.
Bellashuvlar Germaniyaning 6 ta shahrida tashkil etilishi belgilangan. Dasturga koʻra, bugun Duysburg shahrida tantanali ochilish marosimi oʻtkaziladi.