Kuni kecha Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga 175 million soʻmlik sport inventarlaridan iborat “Prezident sovgʻasi” tantanali ravishda topshirildi.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joiz, “Universiada-2020» sport musobaqalarining respublika final bosqichi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi terma jamoasi umum jamoa hisobida 3-oʻrinni egallab, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga 80 million soʻmlik sport inventarlar “Prezident sovgʻasi” sifatida topshirilgan edi.