Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasiga boʻlib oʻtadigan saylovlarda ishtirok etadi

    Saylov 16 Sentabr 2021 1361

    Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi joriy yil 17-19-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasiga boʻlib oʻtadigan saylovlarda ishtirok etish uchun Moskva shahriga joʻnab ketdi.

    Oʻzbekiston delegatsiyasi, jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kuzatuv missiyalari tarkibida saylovlarni monitoring qiladi, deb xabar beradi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.

    Pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda, Davlat Dumasiga saylov 3 kun davom etadi.

    - Davlat Dumasiga 450 nafar deputat saylanadi.

    - 18 yoshga toʻlgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari saylovlarda ovoz berish huquqiga ega.