“Wire and Tube Fair 2022” xalqaro ko'rgazmasi joriy yil 20-24-iyun kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston elektrotexnika sanoatining 10 ga yaqin korxonalari ilk marotaba markazlashgan ko'rgazma stendi bilan ishtirok etadi.

 Ushbu ko'rgazma kabel sim yo'nalishida nafaqat Yevropadagi, balki dunyodagi eng nufuzli ko'rgzama hisoblanib, 1986-yildan beri tashkil etib kelinmoqda. Joriy yil ko'rgazmada 1800 dan ortiq kompaniyalar ishtiroki kutilmoqda.