Tadbirda Antakya viloyati hokimi Izzettin Yilmaz, siyosiy partiyalarning viloyat bo'limlari rahbarlari, viloyat huquq-tartibot idoralari vakillari, shuningdek, mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi va bosh konsulligi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida o'zbekistonlik diplomatlar joriy yilning 6-fevral kuni “asr falokatini” boshidan kechirgan qardosh turk xalqiga yana bir bor chuqur hamdardlik bildirdi. O'zbek xalqi fojia sodir bo'lgan birinchi kundanoq turk birodarlariga yordam ko'rsatgani, bu konteynerlarning muqaddas Qurbon hayiti bayrami arafasida topshirilishi bizning yakdilligimizni o'zida namoyon etishini, asosiy uylar qurilishi oldidan uy-joy masalasini hal etishning eng yaxshi yechimi ekanligi ta'kidlandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Hatay viloyatini tiklash, jumladan, yaqin do'stligimiz va hamjihatligimizning yana bir yorqin timsoliga aylanadigan yangi uy-joylar va boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish borasidagi tashabbuslariga alohida e'tibor qaratildi.

Antakya viloyati hokimi Izzettin Yilmaz turk xalqi fojianing dastlabki soatlaridanoq O'zbekiston tomonidan ko'rsatilgan yordamni hech qachon unutmasligini ta'kidladi. O'zbekistonlik qutqaruvchilar va harbiy shifokorlar o'z hayotlarini xavf ostiga qo'yib, eng og'ir sharoitlarda mehnat qilib, jasorat va professionallik ko'rsatib, jarohatlanganlarga har tomonlama yordam ko'rsatganini qayd etdi.

Tadbir davomida diplomatlarimiz Ovakent tumanida yashovchi o'zbeklar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi, respublikada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, konstitutsiyaviy referendum natijalari, O'zbekistonda bo'lib o'tadigan Prezident saylovi haqida gapirib berishdi.

Hatay viloyatidagi tadbir mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi va ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab ijobiy fikrlar bildirildi, deb xabar beradi dunyo.info.