2021-yil 17-iyun kuni Toshkent va Moskva shaharlarida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududida va Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishlari tartibi toʻgʻrisidagi Bitimga asosan ikki davlat fuqarolari oʻzaro mamlakatlar hududiga kirgan kundan boshlab 15 kun ichida yashash joyida roʻyxatdan oʻtishi koʻzda tutilmoqda.
Taʼkidlash joiz, hozirgi vaqtda bu muddat oʻzbekistonliklar uchun 7 kun, rossiyaliklar uchun esa 3 kun.