Oʻyinning 2-daqiqasida Husniddin Nishonov hisobni ochdi, aynan 2-daqiqada Afgʻoniston hisobni tenglashtirdi.

Keyin Ixtiyor Ropiyev dubl qayd etgan boʻlsa, 11-daqiqada Davron Choriyev Afgʻoniston darvozasiga toʻrtinchi golni urdi.

33-daqiqada Dilshod Rahmatov hisobni yanada yiriklashtirdi va uchrashuvga yakuniy nuqta qoʻydi.

Qirgʻizistonda oʻtkazilayotgan saralash oʻyinlarining ikki turida ham gʻalaba qozongan Oʻzbekiston futzal terma jamoasi muddatidan avval Osiyo chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot uchun, 12-aprel kuni Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi guruhdagi soʻnggi oʻyinni Tojikiston futzal terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.