Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston hamda Qozogʻiston Hukumatlari oʻrtasida Kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur Bitim 2021-yil 6-dekabrda Nur-Sulton shahrida imzolangan.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.