Oʻzbekiston havo yoʻllariga oltinchi Boeing 787 avialayneri olib kelindi

    Transport 5 May 2021 702

    “Uzbekistan Airways” kompaniyasi matbuot xizmatining xabar berilishicha, 2021-yil 5-may kuni Toshkent xalqaro aeroportiga gumanitar yuk bilan uzoq kutilgan oltinchi “orzu qanotlari” — Boeing 787 kelib qoʻndi.

    Qayd qilinishicha, Boeing 787 dagi biznes-toifa qismi toʻliq yotish oʻrindigʻi bilan taʼminlangan, ekonom toifada esa oʻrindiqlar orasidagi masofa kengaytirilgan.

    “Oltinchi Boeing 787 Oʻzbekistonga SARS COVID-2 tarqalishiga qarshi kurashish doirasida uchinchi partiya gumanitar yordami bilan keldi, keyinchalik gumanitar yuk Orol dengizi hududiga joʻnatiladi”, deyiladi xabarda.