Oʻzbekiston muqaddas Ramazon Hayiti – Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan Afgʻonistonda uch kunlik sulh eʼlon qilinganini olqishlaydi.
Umid qilamizki, ushbu muborak kunlarda kurashayotgan taraflat tomonidan oʻt ochishning toʻxtalishi Afgʻonistonda siyosiy tinchlik jarayonini ilgari surish boʻyicha zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Oʻzbekiston Afgʻoniston xalqi bilan doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini kelgusida ham rivojlantirish hamda mustahkamlash, mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlikni oʻrnatish jarayonini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tinch va farovon Afgʻonistonni bunyod etishda keng koʻlamli yordam berishga qatʼiy sodiqligini yana bir bor bildiradi, deyilad bayonotda.