O'zbekiston-Hindiston etakchi AKT ta'lim muassasalarining hamkorlik masalalari muhokama qilindi

    O'zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filialiga tashrif buyurib, o'quv muassasasining rahbariyati, professor-o'qituvchilari, iqtidorli talabalari bilan muloqot o'tkazdi.

    Uchrashuvda mazkur oliy ta'lim muassasasi va Hindistonning etakchi AKT o'quv yurtlari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

    Muloqot davomida universitet professorlari va talabalarining fikr va takliflari o'rganildi.

    Nukus axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilarini Hindiston o'quv muassaslarida grant asosida malaka oshirish, etakchi AKT kompaniyalarida tajriba almashish, hind mutaxassislari ishtirokida trening va seminarlar tashkil etish, ta'lim muassasasi kutubxonasini AKT sohasidagi zamonaviy bosma va onlayn adabiyot manbalari bilan ta'minlashga ko'maklashish bo'yicha kelishib olindi.