Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan “Oʻzbekiston hududida tarqaladigan zararli chigirtkalar turlari, biologiyasi va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlari” mavzusidagi matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

“Oʻzagrokimyohimoya” aksionerlik jamiyati vakillari ishtirok etayotgan tadbirda qayd etilishicha, ushbu zararli turlarga “Marokash”, “Italiya prusi”, “Osiyo”, “Otbosar”, “Katta bukri”, “Saksovul” chigirtkalari kiradi.

2021-yil mavsumida soha olimlarining koʻp yillar maʼlumotlari va tahlillariga asosan respublikada zararli chigirtkalarni 593 ming gektar maydonda zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov oʻtkazilishi taxmin qilingan.