Gidrometeorologiya xizmati xabar berishicha, bunday holat janubi-gʻarbiy Qozogʻiston hududlaridan nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi bilan bogʻliqdir. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati ushbu kunlarda kechalari 15-20° ni, kunduz kunlari 30-35° ni tashkil etadi.
Sentabr oyining birinchi besh kunligida Mustaqillik bayramini nishonlash kunlarida Oʻzbekiston hududiga Eron hududlaridan yana issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi.
Respublikaning barcha hududida kuchsiz, baʼzi joylarda biroz shamollar bilan asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Harorat yana koʻtarila boshlaydi va haftaning oxiriga kelib, kunduz kunlari termometr ustuni 36-39° gacha koʻtariladi.