Axborotga koʻra, 17-18 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 18 martda baʼzi joylarda yomgʻir qisqa muddatga qorga aylanishi mumkin.
17 martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi.
18 martda, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi.
Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.
17-18 martda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda;
17 martda Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin;
18 martda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.
19-20 martda kechalari havo harorati 0-3° iliqgacha pasayadi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda havoda va tuproq yuzasida 1-2° sovuqgacha boʻlishi mumkin.
19-20 martda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida va choʻl hududlarida 2-6° sovuqgacha, Qoraqalpogʻistonning shimolida baʼzi joylarda 7-10° sovuqgacha boʻladi.