Havo harorati kunduz kunlari 18–21 darajagacha, kechalari 8–13 darajagacha, shimolda kunduz kunlari 13–16 darajagacha, kechalari 4–7 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Hafta davomida shamolli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu esa oʻz oʻrnida chang-toʻzon koʻtarilishiga sabab boʻladi. Respublikamiz aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini koʻrib yurishlarini soʻraymiz.









